Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tilida o‘xshatishlar asosida estetik bahoning ifodalanishi
14:22 / 2025-09-10

Shirin Baxtiyor qizi MULLABOYEVA tayanch doktorant Alisher Navoiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, Oʻzbekiston mullaboyevashirin@navoiy-uni.uz

  PDF shaklida yuklab olish                

                               Annotatsiya

         Maqolada o‘zbek tilida o‘xshatishlar orqali estetik bahoning ifodalanishi masalasi ilmiy-nazariy va lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tilning estetik imkoniyatlarini ochib berishda o‘xshatishning o‘rni, uning badiiy obrazlilikni kuchaytirish, hissiy ta’sirni oshirish va milliy qadriyatlarni ifodalashdagi vazifalari yoritilgan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot va zamonaviy ijod namunalarida qo‘llanilgan o‘xshatishlar asosida estetik baholarning ijobiy va salbiy ko‘rinishlari izohlangan. O‘xshatishlarning milliy tafakkur, madaniyat va estetik ideallar bilan uzviy bog‘liqligi, ularning lingvomadaniy kodlar orqali shakllanishi va avloddan-avlodga estetik mezon sifatida o‘tishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, erkin va turg‘un o‘xshatishlar o‘zbek tilida estetik bahoni ifodalashning muhim vositasi ekanligi asoslangan.

      Tayanch so‘zlar: o‘xshatish, estetik baho, lingvomadaniy kod, milliy tafakkur, xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, erkin o‘xshatish, turg‘un o‘xshatish, estetik ideal, badiiy obrazlilik.