Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik (+video)
17:41 / 2023-07-17

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Oksford universiteti professori Leyla Najafzada va ushbu universitetning Yaqin Sharq tadqiqotlari fakulteti kafedra muovini, dotsent Zeyneb Yurakli bilan o‘zbek tili va adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Oksford universiteti Buyuk Britaniyaning qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi. U XII asrning ikkinchi yarmida Angliyaning Oksford shahrida tashkil etilgan bo‘lib, universitetda turli tadqiqot markazlari va institutlar mavjud. Shular orasida Islom tadqiqotlari markazi, Osiyo tadqiqotlari markazi, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari markazini sanash mumkin. Leyla Najafzoda Nizomiy Ganjaviy nomidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari markazining tashkil qiluvchilardan biri hisoblanadi. Uchrashuvdan foydalanib, Leyla Najafzoda va Oksford universiteti Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakulteti islom san’ati va arxitekturasi kafedrasi dotsenti Zeynep Yurakli va tadbir tashkilotchisi Islombek Asomiddinovni suhbatga chorladik.

Batafsil:

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oqM3ryHT8HU" title="O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA