O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri TMS - Texnologiya, menejment va kommunikatsiya institutida “Ma’rifat ulashib“ loyihasi doirasida "O‘zbek tili-qalbim tarjimoni!” mavzusidagi badiiy-kecha o‘tkazildi. Shuningdek ushbu tadbir davomida "O‘zbek tili-qalbim tarjimoni" mavzusida esselar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, adabiy-badiiy kechada faol talabalar tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lovchi kuy, qo‘shiq, she’r va g‘azallar ijro etildi.
Bu kabi tadbirlarni o‘tkazish o‘zbek tilining yoshlar ongida va ijtimoiy hayotda obro‘-e’tiborini oshirish, savodxonlik darajasini shakllantirish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/C064hGU-87Q" title="O‘zbek tili-qalbim tarjimoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva,
Nishonboy Abduvoitov, O‘zA