O‘zbek tili morfologik tahlilida kontekstual disambiguatsiya jarayoni xususida
Barno Xabibulla qizi ISLOMOVA assistent Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Toshkent, O‘zbekiston
Annotasiya
Maqolada o‘zbek tili morfologik tahlilida kontekstual disambiguatsiya jarayonining mohiyati, vazifalari va zamonaviy lingvistik texnologiyalardagi roli yoritilgan. Shuningdek, disambiguatsiya jarayonining turlari – leksik, morfologik va sintaktik darajalarda misollar asosida tahlil qilingan hamda sun’iy intellekt modellarida (BERT, GPT, Word2Vec) kontekstual ma’no aniqlash usullari va mazkur yo‘nalishdagi muammolar o‘rganilgan.
Tayanch so‘zlar: kontekstual disambiguatsiya, morfologik tahlil, kontekst, sun’iy intellekt, leksik noaniqlik (ambiguitet), o‘zbek tili, Natural Language Processing (NLP).