Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli
17:13 / 2023-10-21

Andijon mashinasozlik institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan institut birinchi prorektori Akmaljon Ermatov, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muhtaram Xoliqova, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Xolisxon Maqsudovalar o‘zbek tilining yuksalish yo‘li, tarixiy ahamiyati, davlat tili maqomi berilishidagi murakkabliklar, davlat tili sifatidagi nufuzi va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar qildi.

Notiqlar  har birimiz Vatan farzandi sifatida o‘z ona tilimizni sevishimiz, uning qadr-qimmatini yuksaltirishda faol ishtirok etishimiz zarurligini alohida qayd etdi.  

[gallery-14153]

Ta’kidlanganidek, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.  

Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat ulashdi.

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA