Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli
14:32 / 2023-10-20

«O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvida 21-oktyabr -- O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida ilmiy tadqiqotchilar, tilshunoslar, Jamiyat Boshqaruvi rahbarlari, departamentlar rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirni hududiy filiallar va tuman va shaharlardagi sug‘urta markazlari xodimlari videokonferens aloqa orqali kuzatib bordilar.

Tadbirda o‘zbek tilining kelib chiqishi, rivojlanish tarixi, davlat tili maqomi berilishidagi murakkabliklar haqida fikr bildirildi. Shuningdek, hujjatlarda o‘zbek tili imkoniyatlaridan keng foydalanish, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash kabi davlat tilida ish yuritishga doir tavsiyalar berildi.