Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlandi
16:20 / 2021-10-21

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro media-xollda 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’rifiy-adabiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo‘yincha o‘rinbosari Botirjon Ergashev va boshqalar o‘zbek tiliningt mavqei va nufuzini tobora oshirish, uni muttasil rivojolantirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrigi ijodkor ziyolilar, o‘qituvchilar, umuman xalqimiz, shu jumladan, mamlakatimiz yoshlari tomonidan katta quvonch va qiziqish bilan kutib olingani e’tiborga molikdir.  

Unda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat, bu yo‘nalishdagi  amaliy ishlar  o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirishda muhim ahamiyat kasb  etmoqda. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida ona tilimiz nainki mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, ona tilimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab, tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasiga aylanib borayotgani quvonchlidir.  

bugungi kunda Vazirlar Mahkamasi tarkibida Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi samarali faoliyat ko‘rsatib, g‘oyat muhim bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib kelmoqda. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida amaliy filologiya va kompyuter lingvistikasi bo‘yicha yangi yo‘nalishlar ochilib, o‘zbek tilini turli sohalarda qo‘llashga oid tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Oliygoh qoshida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi, 6 ta maxsus o‘quv kursi hamda Alisher Navoiy xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgani ham ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan diqqatga sazovordir.

Tadbirda ona tilimizning mavqei va maqomini oshirish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar, ularning samaralari xususida batafsil so‘z yuritildi.  

 

  N.Usmonova, O‘zA