Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili bayrami tadbirlari davom etmoqda
16:53 / 2023-10-20

Farg‘ona davlat universitetida “Davlat tilini rivojlantirishda til siyosatining o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan soha olimlari ishtirok etdi.

Ona tili milliy o‘zligimizning timsoli, ma’naviyatimizning asosidir. So‘nggi yillarda 21 oktyabr sanasi yurtimizda yangicha mazmun va ruhda bayram qilinayotgani o‘zbek tilining mavqeyi hamda kuch qudrati yuksalayotganini ko‘rsatmoqda. Mazkur anjumandan ko‘zlangan maqsad ham davlat tilining xalqaro miqyosda nufuzini oshirish, rivojlantirish va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.

Anjumanda Farg‘ona davlat universiteti birinchi prorektori Z.Rahimov, viloyat hokimi maslahatchisi S.Tongotarova, filologiya fanlari doktori, professor Sh.Iskandarova barchani o‘zbek tili bayrami bilan tabriklab, Davlat tilining mavqeni oshirish va sofligini saqlash xususida so‘z yuritdi.

– Shuni ham ta’kidlash joizki, “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi, – deydi universitet filologiya fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Azizaxon Rasulova. – Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Xususan, Farg‘ona filologiya maktabida muhim tadqiqotlar amalga oshirildi va bu ishlar tizimli davom etmoqda. Bugungi kunda yosh olimlar safi kengayib borayotgan bo‘lib, ona tilimizning boy imkoniyatlari chuqur o‘rganilmoqda.

Xalqaro anjumanda filolog olimlar o‘zbek tilining boy imkoniyatlari, til siyosatini takomillashtirish borasida ma’ruzalar qildi.

M.Sulaymonov, O‘zA