Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
12:43 / 2023-10-21

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Ushbu muazzam xiyobondagi shoir va yozuvchilar haykali poyida ona tilimiz qadr-qimmatiga oid anjumanlar, ma’rifiy suhbatlar, mushoiralar bo‘lib o‘tmoqda.  

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari ishtirokidagi adabiy anjuman ham samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi.  

Unda tilimizni asrab-avaylash, dunyo miqyosida targ‘ib etish borasidagi ezgu ishlar xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

–Men kelgusida adabiyotshunoslik yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib borishni rejalashtiryapman, – dedi mazkur universitet talabasi Xumora Keldiyorova. – Zero, ona tilimizning targ‘ibotida adabiyotning o‘rni beqiyosdir.  

– Bugun juda ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan tadbirga mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari katta tayyorgarlik ko‘rdi, – dedi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi xodimi Nargiza Do‘simbetova. – Adabiy asarlardan teatrlashtirilgan lavhalar, ustoz shoirlarimiz she’rlaridan namunalar ona tili bayramiga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.  

Darhaqiqat, badiiy-musiqiy dasturlar, mushoiralar, g‘azalxonlik musobaqalari bayramga yanada ko‘tarinki va samimiy ruh bag‘ishlamoqda.  

 

Nazokat Usmonova,  

Murodxon Xo‘jayev (surat),  

O‘zA