Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi
16:10 / 2025-10-21

Buxoroda  21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tantanalari buyuk shoir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy byusti poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu qaror mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va mavqeini mustahkamlash, uni hayotning barcha jabhalarida to‘liq joriy etish, shuningdek, yosh avlodda ona tiliga hurmat va sadoqat tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilganini ta’kidladi. 

Tadbir keng qamrovli, mazmunli bo‘lib, bundan 36 yil muqaddam o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lganligi, “Davlat tili haqida”gi Qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratganligi ta’kidlandi.

Tadbirda namoyish etilgan badiiy-musiqiy kompozitsion dastur bayram ruhiyatini yanada oshirdi. O‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, qo‘shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan sahna namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. 

[gallery-25838]

O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlov hamda viktorinalar shahar va tumanlarda davom etmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.