Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi! (+video)
18:01 / 2025-10-21

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qoshidagi milliy madaniy markazlar pavilonida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab tadbir ishtirokchilari milliy madaniy markazlar pavilonida tashkillashtirilgan zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari ko‘rgazmalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng milliy madaniy markazlarning faol yoshlari ishtirokida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan qiziqarli viktorinalar o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy qismida qo‘mita raisi K.Sariyev nutq so‘zlab, o‘zbek tilining boy tarixi va bugungi kunda uning sofligini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. 

Tadbir davomida Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbek tiliga bag‘ishlangan eng yaxshi she’r ijrochisi” hamda “O‘zbek tilida ijro etilgan eng yaxshi qo‘shiq” tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

Tadbirning badiiy qismida estrada xonandalari va milliy madaniy markazlarning havaskor jamoalari ishtirokidagi chiqishlar barchaga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3z7tSwXdgLo" title="O‘zbek tili barchamizni birlashtiradi!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, H.Bayanov (video), U.To‘xtayev (montaj), R.Nazarmatov (surat), O‘zA