Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek telejurnalistikasida yangi nomlar: Ahror Ziyo
19:21 / 2023-06-26

Ahror Ziyo. Bu nom mamlakat miqyosidagina emas, balki xorijda ham tanildi. Aslida jurnalistik faoliyat bilan nom taratish juda mushkul. Chunki matbuot maydonida tajribali, o‘tkir so‘z, jurnalist surishtiruvi bilan el og‘ziga tushgan zabardast ijodkorlar bor. Ular bunday mashhurlikka o‘n yillar davomidagi zahmatli mehnati tufayli erishgan. Ahror Ziyo esa televideniye mikrofonini qo‘lga olib shahar va qishloqlarni keza boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmadi.

Ruxsor televideniyesi va “Sevimli” telekanali muxbiri Ahror Ziyo mavzuni tanlashni biladi. U hayotdagi har qanday muammoga xalq, tomoshabin nuqtayi nazaridan yondosha oladi. Uni goh sanoat korxonalari, goh dala – bogʻlar, oʻquv yurtlari, chet qishloqlar, togʻ bagʻridagi xonadonlarda uchratish mumkin. Undagi goʻzal fazilat – u barchaning qalbiga, yuragiga yoʻl topa biladi. Suhbatdoshni va tomoshabinni goh kuldirib, goh yigʻlatadi. Chunki uning oʻzi ham matnlarni shunday xolatda yozadi. Savollari oddiy, xalqona. Suhbatlari samimiy, mehrli. Suhbatdosh eski qadrdonidek jurnalistga qalbini ochadi. Va ana shu samimiyat, xolislik, oddiylik ekranda namoyon boʻladi. Ahror Ziyo ana shunday mahoratli jurnalist.

– U bir vaqtning oʻzida axborot, sharh, reportaj tayyorlashning haddini olgan, –deydi AOKA viloyat boshqarmasi boshligʻi Ibrohimjon Halimbekov. –Ikkinchidan teleocherk, vidofilmlar tasvirga tushirishda ham mahorati yuqori. Ahror pozitiv ijodkor. Bir vaqtning oʻzida tanqidiy lavhalarni ham, ijobiy koʻrsatuvlarni ham birdek saviyada tayyorlay oladigan jurnalist. 

Oʻzbek oilasi hayoti, uning urf-odatlari, kasb-kori, xunarmandchiligi, oʻziga xos oqkoʻngilligi-yu soddadilligi haqidagi 30 dan ziyod videolavha, ocherk va reportajlari Buyuk Britaniyaning BBS Axborot agentligi tarmoqlarida oʻzbek hamda ingliz tillarida butun dunyoga tarqatildi. Ahrorga besh qitʼadan minnatdorlik soʻzlari bitilgan elektron xatlari hamon kelmoqda. Ammo u  muvaffaqqiyatidan hech qachon kibrlanmadi. Ustozlari Ruxsor TRK rahbari Nuriddin Asqarov, oʻzi tahsil olgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻjalardan bir umr minnatdor. Yutuqlarim avvalo ustozlarimniki, deydi Ahror Ziyo.

– Men ilgari televizorni koʻp koʻrmasdim. Ahror Ziyo koʻrsatuvlari judayam yoqadi. Qanaqadir oddiy. Huddi men bilan ham gaplashayotgandek. Uning koʻrsatuvlarini oilamizda doimo kutamiz, - deydi jurnalistning muxlislaridan biri Gulchehraxon Joʻrayeva.

Jurnalistga el eʼtirofidan ham kattaroq mukofot bormi? Iqtidorli telejurnalist Ahror Ziyodovni kasb bayrami bilan tabriklaymiz. Ijodiy yutuqlar hamisha yor boʻlsin.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/6uYolkFyTGY" title="O‘zbek telejurnalistikasida yangi nomlar: Ahror Ziyo" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

  Muhammadjon Obidov,

  Elyor Olimov (video), O‘zA