Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek so‘mi — Markaziy bank mas’ul xodimi amaldagi banknotalar haqida ma’lumot berdi
08:22 / 2022-01-11

bugungi kunda muomalada bo‘lib turgan milliy valyuta — so‘mlarni banklarda almashtirish tartibi qanday? Yangi banknotalarga eski muomiladagi pulni almashtirsa bo‘ladimi? Odamlarning qo‘lida yaroqsiz yoki turli shaklga kelib qolgan so‘mlik banknotalarni o‘z qiymatida almashtirsa bo‘ladimi? Savdo shoxobchalarida yaroqsiz pullar qabul qilinmaydi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Umuman o‘zbek so‘mi va shu banknotalar bilan muomila qilish tartibi haqidagi savollarga Markaziy bankning Naqd pul muomalasi departamenti direktori Fazliddin BOZOROV quydagilarni so‘zlab berdi.

— Naqd pullar qanday xollarda yaroqsiz hisoblanadi? Gohida eski, g‘ijimlangan, yirtilgan, qog‘oz pullarni savdo shoxobchalarida qabul qilishmaydi. Bu qanchalik to‘g‘ri?  

– Bizga bu borada fuqarolardan ko‘p murojaatlar tushadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qanday holatdagi banknotlarni moneliksiz to‘lovga qabul qilishlari lozimligi va tushum puli sifatida banklarga topshirishlari mumkinligi belgilangan. Xususan, bular, har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, (jumladan g‘ijimlangan) dog‘lar, qalam, siyoh va flomaster bilan yozilgan yozuvlari mavjud bo‘lgan pullar, yirtilgan va yelimlangan pullar, agar pulning ikkala qismi shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli bo‘lsa, bo‘yoq moddalari va kislota to‘kilgan, tabiiy rangi o‘zgargan, kuygan, bo‘yalgan yoki chizilgan pullar, shikastlanish turi va joylashishidan qat’i nazar, banknot to‘liq hajmining 55 foizidan kam bo‘lmagan qismi saqlanib qolingan pullardir. 

Bu talablar Markaziy bankning “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma” “so‘m”ning to‘lovga yaroqlilik belgilarni aniqlash qoidalarida belgilab berilgan.  

Yanada aniqroq bo‘lishi uchun tushuntirib o‘taman. Banklarda naqd pullarni saralash jarayonida ular “muomalaga yaroqli”, “eskirgan”, “to‘lovga yaroqsiz” pullar toifalariga ajratiladi. Siyqalanmagan, ya’ni banknot qog‘ozining mustahkamligi, uni yana muomalada aylanishi uchun imkoniyat beradigan darajada mustahkam pullar “muomalaga yaroqli” banknotlar toifasiga kiradi.  

Bunday banknotlarning shikastlangani quyidagi darajada bo‘lishi talab etiladi. Hech qanday shikastlanish belgilariga ega bo‘lmagan banknotlar, banknotning ayrim qismiga (yoki qismlariga) yozilgan yozuvlar yoki bo‘yalgan (bo‘yoq to‘kilgan) joyi banknot umumiy hajmining 5 foizidan oshmaydigan hamda pulning nominalini yoki uning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan banknotlar. 

Banknotning yirtilgan, teshilgan joyining diametri yoki yirtilib tushgan burchagi (qismi) 1 sm.dan oshmaydigan hamda ushbu shikastlanishlar banknotning nominalini yoki uning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan banknotlar, rangi keskin tarzda o‘zgarmagan banknotlar. 

— Eskirgan pullar savdo nuqtalarida qabul qilinadimi?  

— Albatta. Eskirgan pullar to‘lovga yaroqli hisoblanadi. Shu bois ular savdo nuqtalarida qabul qilinishi shart. 
– Qanday pullar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi va qabul qilinmaydi? 
 
– Banknot yuzasining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan pullar “to‘lovga yaroqsiz” hisoblanadi va ular savdo shoxobchalarida qabul qilinmaydi. Shuningdek, pul oldi-berdisida banknotlarning tegishli himoya belgilariga ega bo‘lishiga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Banknotdagi uning nominal qiymatini aks ettiruvchi yozuv va raqamlarni o‘zgartirish orqali hosil qilingan “qalbaki”, “soxta” pullarga aldanib qolmaslik zarur. 

— Yirtilgan pullar yelimlansa yoki skochlansa yaroqli hisoblanadimi? 

– Yelimlangan banknot qismlari bitta banknotga tegishli bo‘lsa, ya’ni seriya, raqamlari bir xil bo‘lganda “yaroqli pul” sifatida to‘lovga qabul qilinishi lozim. Ayrim hollarda, bir xil nominaldagi, biroq 2 ta banknotning qismlarini bir-biriga yelimlanganini uchratish mumkin. Ya’ni banknot qismlaridagi seriya, raqamlar turlicha bo‘ladi. Ushbu banknotlarning har ikki qismi alohida olinganda, banknot umumiy yuzasining 55 foizidan kam bo‘lsa “to‘lovga yaroqsiz” deb topiladi. Aksincha bo‘lsa, qabul qilinadi.

***

G‘ijimlangan, yirtilgan pullarni banklarda almashtirib olish imkoni bormi? 1000 so‘mlik nominaldagi banknotlarni yaqin orada muomaladan chiqariladimi? Yangi banknotalarga eski muomiladagi pulni almashtirsa bo‘ladimi?
Bu savollarga navbatdagi maqolamizda javob olasiz? Bizni kuzatib boring.