Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek shoiri Xisrav — Sayyid Muhammad Fansurullohbek Xudoyorxonov (+video)
11:16 / 2026-01-03

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida ma’rifatparvar jadid, o‘zbek shoiri Xisrav — Sayyid Muhammad Fansurullohbek Xudoyorxonov haqida ma’lumot beriladi.

Sayyid Muhammad Fansurullohbek Qo‘qon xoni Xudoyorxon avlodlaridan bo‘lgan. U 1872 yilda Qo‘qonda Xudoyorxon xonadonida (O‘rdada) tug‘ilgan. Uning otasi Xudoyorxon va onasi Ma’sudaxon (Og‘acha) bo‘lgan. Bolaligi xonning sarsonlik va muhojirlik yillariga to‘g‘ri keladi. Xon Orenburg tomon safarga chiqqanidan 1880 yilgacha Fansurulloh onasi bilan Turkiston shahrida yashaydi. So‘ng shu yili Toshkentga qaytadi. Toshkentda Zanjirli mahallasida hayot kechiradi.

Fansurullohbek dastlabki maktab ta’limini Turkiston va Toshkent shaharlarida olgan. Rus-tuzem maktabida ham o‘qigan. So‘ng Shayxontohur dahasidagi Eshonquli Dodxoh madrasasida tahsil olgan.

Fansurullohbek “Xisrav” taxallusi bilan ijod qilgan. Turkiston o‘lkasida vujudga kelgan jadidchilik harakatida faol ishtirok etadi. Munavvar qori Abdurashidxonov bilan yaqin aloqada bo‘lib o‘lkadagi dastlabki gazetalardan bo‘lmish “Xurshid”, “Osiyo”, “Sur’at”, “Xaqiqat” gazetalarida o‘z maqolalari bilan ishtirok etgan. Jadid ziyolilari bilan birga Toshkent, Andijon, Qo‘qondagi “Taraqqiyparvarlar” firqasining shallanishiga boshchilik qilgan. Shuningdek, o‘lkadagi xayriya jamiyatlar, siyosiy tashkilotlar tashkil etilishida faol ishtirok etgan.

“Xisrav” taxallusi bilan g‘azal va muxammaslar yozgan. Uning “Xurshid” gazetasida “Sababi tulu’i Xurshid” (1907) maqolasi nashr etilgan.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Q0lRPssOa4g" title="O`zbek shoiri Xisrav — Sayyid Muhammad Fansurullohbek Xudoyorxonov  " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA