Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek shoirasi Ozarbayjonning yuksak mukofoti bilan taqdirlandi
11:19 / 2021-05-31

Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasida shoir Rasul Rizo nomidagi xalqaro mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mukofotga munosib ko‘rilganlar orasida O‘zbekiston va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmalari a’zosi, «Kitob dunyosi» gazetasining bosh muharriri Xosiyat Rustamova ham bor.

Hosiyat Rustamovaning «Qo‘rqinch», «Telba daraxtlar», «Ismi Lola edi u qizning» kabi she’riy kitoblari ozarbayjon tilida chop etilgan. «Majnuntol» she’riy kitobi ozarbayjon va o‘zbek tillarida chop etilgan bo‘lib, unda shoiraning nafis lirikasidan bahramand bo‘lish mumkin. Shoiraning ijod mahsullari Ozarbayjonning nufuzli gazeta va jurnallarida muntazam chop etilib turadi.

Ma’lumot uchun: ushbu mukofot Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘lgan va Sharq adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan ijodkorlarga beriladi.  

 

D.Mamatova, O‘zA