Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek raqslari Yaponiyada namoyish etildi
15:15 / 2025-08-20

Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilgan “Ekspo - 2025” Butunjahon ko‘rgazmasi davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy kuni keng nishonlandi.

Milliy kun doirasida mehmonlarga o‘zbek xalqining betakror madaniyati va san’ati namoyish etildi. Farg‘ona, Buxoro, Xorazm raqs maktablaridan namunalar, betakror kuy-qo‘shiqlar ijro etilgan konsert dasturi kunchiqar yurt ahli va mazkur ko‘rgazmada ishtirok etayotgan xorijlik sayyohlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Karnay-surnay sadolari, milliy cholg‘u ijrochilarning chiqishlari marosimga yanada ulug‘vorlik baxsh etdi.

O‘zbekiston milliy raqs san’atining eng yorqin namunalarini taqdim etishda Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli alohida o‘rin tutdi. Ansamblning sahnadagi chiqishlari milliy raqs san’atining go‘zalligi, nafisligi va zamonaviy jilo kasb etgan an’analarini yuksak darajada namoyish etdi.

Mazkur ishtirok O‘zbekiston madaniyatining xalqaro maydonda keng targ‘ib qilinishida, milliy raqs san’atining boy merosini jahon hamjamiyatiga tanitishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

N.Usmonova,

O‘zA