Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek oshxonasi: an’ana va qadriyatlar (+video)
17:21 / 2026-02-19

O‘zbek oshxonasi qiroli Bahriddin Chustiy bilan suhbat

O‘zbek milliy qadriyatlari xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, ma’naviy merosi va turmush tarzini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik. Ular millatning o‘zligini, ijtimoiy munosabatlarini va hayotiy qarashlarini belgilab beradi.

Milliy qadriyatlarimiz asosini mehmondo‘stlik, milliy urf-odat va an’analar, libos va hunarmandchilik, ma’naviy meros hamda taomlar tashkil etadi. Ular orasida milliy taomlar alohida o‘rin egallaydi. Ular nafaqat taom, balki urf-odat, marosim va mehmondo‘stlik ramzi sifatida ham qadrlanadi. Asrlar davomida shakllangan oshpazlik an’analari hududlarga qarab boyib, xilma-xil ta’m va tayyorlash uslublarini vujudga keltirgan.

O‘zbek milliy taomlari dunyo uzra o‘zining dovrug‘iga ega. Ayniqsa, palov! Bu taom  milliy iftixor, o‘zbek oshxonasining durdonasi sifatida alohida e’tirof etiladi. U turli hududlarda o‘ziga xos tarzda tayyorlanadi — Toshkent, Samarqand, Farg‘ona palovlari bir-biridan farq qiladi.  

O‘zbek milliy taomlari dunyodagi eng hayratlanarli va mazali oshxona sifatida ko‘p bora tilga olingan. Albatta, bunda oshpazlarimizning ham o‘rni beqiyos. Zero, aynan ular tufayli milliy taomlarimizni bir bora tatib ko‘rish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar soni ko‘p.

Bugungi kunda milliy taomlarimizning eng mohir oshpazlaridan biri sifatida e’tirof etiluvchi Bahriddin Chustiy haqida eshitmagan insonning o‘zi yo‘q. Aynan palov tayyorlash madaniyati, mahorati, pishirish sa’nati, dunyo sahnidagi e’tirofi xususida Bahriddin Najmiddinov (Chustiy) bilan suhbatlashamiz.

Suhbatning to‘liq shaklini quyidagi videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PTYEuN7GYOg" title="O‘zbek oshxonasi: an’ana va qadriyatlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, Doniyor Yoqubov (video), 

Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA muxbirlari