Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek o‘quv lug‘atchiligida darajalanish hodisasining ilmiy talqini
11:01 / 2025-07-10

Qahramon Bakir o‘g‘li ESHBOYEV dotsent Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Renessans ta’lim universiteti Toshkent, Oʻzbekiston eshboyev202020@gmail.com

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek o‘quv lug‘atchiligida darajalanish hodisasining ilmiy-metodologik asoslari hamda uning leksikografik amaliyotdagi ahamiyati tadqiq qilingan. Lug‘atlarda so‘z ma’nolarining bir-biridan semantik, uslubiy va pragmatik jihatdan farqlanishi darajalash tamoyili orqali namoyon bo‘lishi va buning natijasida lug‘at foydalanuvisi uchun tushunarli, tizimlashtirilgan ma’lumot berilishi asoslangan. So‘zlar o‘rtasidagi ma’no bo‘yicha iyerarxiyani tuzishdagi uslublar, darajalangan izohlar orqali lug‘atlardagi ta’limiy ahamiyatni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mavjud o‘quv lug‘atlari misolida darajalashni samarali tatbiq etish holatlari tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishdagi muammolar va takliflar bayon etilgan.

Tayanch so‘zlar: o‘quv lug‘atchiligi, darajalash hodisasi, leksikografiya, so‘z ma’nosi, semantik iyerarxiya, izohli lug‘at, uslubiy darajalash, leksik birliklar, lug‘at tuzish metodologiyasi, ta’limiy lug‘atlar.