Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek olimlari yangi rezonans zarrachani kashf qildi
14:58 / 2022-03-11

Akademik Behzod Yo‘ldoshev ilmiy rahbarligidagi o‘zbek fizik-olimlar guruhi jahonda ilk bor yangi elementar zarracha mavjudligini eksperimental tarzda ko‘rsatishdi.

 Bir nuklonga 3.4 GeV energiyali karbon yadrolarining karbon yadrolari bilan to‘qnashuvlarining tahlili natijasida ikkita proton va bitta pi-mezondan iborat sakkiz kvarkli tizimda yangi rezonans zarracha topildi.  
 
Kashf etilgan qisqa yashovchi zarrachaning massasi 2118 ± 1 MeV/c2 ga teng bo‘lib, uning yashash davri kuchli o‘zaro ta’sir vaqtiga qaraganda nisbatan katta bo‘lishi ko‘rsatildi (yangi rezonans zarrachaning kengligi 4 MeV/c2 dan oshmaydi).  
 
Kuzatilgan rezonans strukturaning fon taqsimotidan eksperimental oshishi 122 ± 20 hodisani yoki 4.5 standart xatolikni (sigmani) tashkil etdi.  


 
Yangi rezonans zarracha to‘g‘risida olingan natijalar mualliflar tomonidan "World Scientific" xalqaro nashriyot kompaniyasining "Web of Science" hamda "Scopus" bazalarida indeksatsiyalangan nufuzli "International Journal Of Modern Physics E" (Nuclear Physics) nomidagi ilmiy jurnalda chop etildi.  
 
Hozirda maqola mualliflari yangi zarracha kuzatilishi mumkin bo‘lgan yadroviy to‘qnashuvlarga oid boshqa eksperimental ma’lumotlarni tahlil qilmoqda.   
 

D.Mamatova, O‘zA