O‘zbek olimlari sud tibbiy ekspertizasi bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Sud tibbiyoti va Tibbiyot huquqi kafedrasi Dotsenti Shokir Beknazarov va kafedra assistenti Nilufar G‘aniyeva Hindistonning «Sherlok» nomli kriminalistika institutida bo‘lib qaytdi.
Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Akademiya olimlari Fingerprint Examination-barmoq izlarining Sud tibbiy ekspertizasi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro konkurs viktorinasida faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo‘ldilar.
Maftuna Karimova, O‘zA