Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek olimining Alisher Navoiy haqida yozgan monografiyasi turk tilida nashr bo‘ldi
15:13 / 2022-10-25

Taniqli navoiyshunos olim, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Olimjon Davlatovning “Alisher Navoiy she’riyatida Qur’on oyatlari va hadislar” nomli monografiyasi turk tiliga o‘girilib, Istanbuldagi “Akademik kitaplar” nashriyoti tomonidan qardosh kitobxonlar hukmiga havola qilindi.

 Ulug‘ shoir ijodining mangu va barhayot sarchashmalaridan biri Qur’oni karim oyatlari va hadisi sharifda aks etgan g‘oyalar ekanligi ko‘pchilik navoiyshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo‘lsa-da, ushbu ilmiy muammo ilk marta O.Davlatovning tadqiqotida  monografik yo‘sinda tadqiq etilgani e’tiborlidir. Olimning ushbu xulosa –qarashlari nafaqat navoiyshunoslik, balki Sharq mumtoz she’riyatini anglash va tadqiq etishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbek tili bayrami kunlarida nashr etilgan mazkur kitob o‘zbek-turk adabiyotshunoslarining ilmiy aloqalar va hamkorligi yo‘lida amalga oshirilgan jiddiy qadamlardan hisoblanadi. 

                                                                                                                          O‘zA