Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek olimasi Qozog‘iston Milliy tabiiy fanlar akademiyasi akademigi etib saylandi
14:55 / 2024-06-06

Biologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdiqulova Qozog‘iston Milliy tabiiy fanlar akademiyasi akademigi etib saylandi.

Mazkur unvon olimaga Qozog‘iston Milliy fanlar akademiyasi prezidiumida topshirildi.   

Shahlo Turdiqulova respublikamizning jahonga taniqli olimlaridan biri bo‘lib, uning muallifligidagi 78 ta ilmiy maqoladan 42 tasi chet elda chop etilgan, shuningdek 3 ta kitob va monografiya muallifi hamdir.   

— Ko‘p yillar davomida qozog‘istonlik hamkasblar bilan hamkorlik qilib, biotexnologiya va inson genetikasi sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib bormoqdamiz, — deydi Sh.Turdiqulova. — Bunday tadqiqotlardan biri Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishi va Yevroosiyo populyatsiyalari bilan genetik aloqalariga bag‘ishlangan. Natijalar “Nature” jurnalida chop etildi.   

Ushbu tadqiqotlar mintaqamizdagi eng ko‘p tarqalgan kasalliklarning genetik asoslarini, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning genetik patologiyalarini aniqlashga yordam berdi. Bugungi kunda bizning tadqiqotlarimiz natijalari O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida qo‘llanilib kelinmoqda. Ko‘proq neonatal skrining test to‘plamlari va tijorat genetik pasportini ishlab chiqishda foydalanilyapti. Bu fuqarolarimizning sog‘lig‘i va hayot sifatini yaxshilashdagi muhim qadamdir.   

Shuningdek, olima ilg‘or texnologiyalar markazida inson genetikasi va biotexnologiyasi bo‘yicha ilmiy maktabga asos solgan va O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda katta hissa qo‘shgan. Hozirda u mazkur markazni boshqaradi.   

N.Rahmonova, O‘zA