Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek mulfilmlari Iordaniya festivalida ishtirok etdi
11:27 / 2025-08-23

“Petra” axborot agentligi Iordaniya Qirolligi Kino komissiyasining Ammandagi qarorgohida, ochiq osmon ostidagi teatrda bo‘lib o‘tgan bolalar filmlari festivali to‘rtinchi nashri haqida maqola e’lon qildi.

15-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan anjumanning yopilish marosimida Komissiya bosh direktori Muhannad Al-Bakriy va Tunisning Iordaniyadagi elchisi Mufida Az-Zaribiy ishtirok etgan.

Dasturlar va ommaviy axborot vositalari bo‘yicha direktor Ahmad Al-Xatib aytishicha, festivalda 5500 dan ziyod o‘smir-yosh va ularning oila a’zolari qatnashgan. Mulozim tadbirning muvaffaqiyatli davom etishi bolalar va Iordaniya kino ishlab chiqarishi uchun qulay maydon bo‘lib xizmat qilishini ham ta’kidlagan.

YUNICYeF tashkilotining Iordaniyalagi vakili o‘rinbosari Musanda Kasondi o‘z chiqishida festivaln bolalarga bilimini oshirish va o‘z ijodiy chegarasini kengaytirish imkonini berganini yuqori baholadi.

Dastur 10 yoshdan katta bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, barcha yoshdagi tomoshabinlarni qiziqtirishi aniq bo‘lgan turli hikoyalar, mahalliy, arab mamlakatlari va boshqa mintaqalar spektakllari, qisqa metrajli filmlar va animatsiya namunalarini taklif etdi. “Bolalar uchun komikslar” amaliy seminarida bolalar kino yaratish san’ati bilan tanishib, multfilm qahramonlarini jonlantirib ko‘rdi.

Iordaniya, Suriya va BAAdan kelgan xalqaro hakamlar hay’ati “Eng yaxshi to‘liq metrajli film” va “Eng yaxshi qisqa metrajli film” bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi. Shuningdek, besh nafar yosh ovozdan iborat bolalar hay’ati qisqa metrajli filmlar orasidan saralab, YUNICYeF nomidan bolalar huquqini eng ishonchli himoya qilgan film sifatida taqdirladi. Ushbu xalqaro festivalda havola etilgan O‘zbekistonning “To‘maris”. “Al-Xorazmiy”, “Abu Rayhon Beruniy” kabi animatsion filmlari ham tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA