Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek kinoijodkorlari xalqaro forumda ishtirok etadi
18:27 / 2020-12-21

Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Axborot va turizm kinematografiya departamenti va MDH mamlakatlari yoshlar kinoforumi direksiyasi tomonidan 21-25 dekabr kunlari VIII xalqaro “Umut” (“Nadejda”) kinoforumi o‘tkaziladi.

“O‘zbekkkino” Milliy agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur forumda yosh kinorejissyorlardan Shokir Xoliqov “Dunyo. Virus. Inson. Tabiat” hujjatli filmi hamda Botir Abdurahmonov “Mehribonim” qisqa metrajli filmi bilan ishtirok etishadi.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan mazkur kinoforumning maqsadi xalqaro aloqalarni yaxshilash, yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va MDH mamlakatlari kinomaktablarining iste’dodli o‘quvchilarini aniqlashdan iborat.

“Umut” kinoforumi doirasida to‘liq va qisqa metrajli filmlar namoyishi, kinoijodkorlar tomonidan mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, debyut filmlar namoyishlari va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

O‘zA