English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zbek karvoni" Chexiyaga ham yetib bordi
17:57 / 2022-08-16

Qirg‘izistonlik shoir va tarjimon Rahim Karim o‘zbek tilidan rus va ingliz tillariga o‘girib, nashrga tayyorlagan "O‘zbek karvoni" kitobi AQSH va Kanadada chop etilgan edi.

600 betdan iborat o‘zbek she’riyati antologiyasining bir nusxasi kuni kecha Chexiyaga ham yetib bordi.

Mumtoz o‘zbek shoirlari Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrabdan boshlanib Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva,  Usmon Azim, Xurshid Davron,  Muhammad Yusuf, Sirojiddin Sayyid, shoirlar Tursunboy Adashboyev, Sobit Madaliyev, Shavkat Rahmon, Ravshan Fayz she’rlari bilan davom etgan ushbu kitob adabiyot muxlislari e’tiborini tortishi shubhasiz.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda ushbu kitob Chexiya Respublikasining Olomouts shahrida joylashgan Palatskiy nomidagi  universitetning adabiyotshunos  olimlari tomonidan "Markaziy Osiyo xalqlari adabiyoti" loyihasi doirasida o‘rganiladi. 

N.Usmonova, O‘zA