Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi yaratilmoqda
19:42 / 2023-07-13

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan o‘zbek jurnalistikasining rivojlanish tarixi va bugungi taraqqiyotiga oid antologiyani yaratish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda sohaning taniqli olimlari, tadqiqotchilar va jurnalistlar ishtirok etdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Axborot xizmati.

Yig‘ilishni olib borgan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov keyingi yillarda yurtimizda barcha, xususan, jurnalistika sohasini rivojlantirish, matbuot va so‘z erkinligini ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladi.  

Xususan, davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 iyundagi "Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotganini qayd etdi.  

– O‘zbek jurnalistikasi kecha paydo bo‘lgani yo‘q va u sermazmun, biz g‘ururlansak arziydigan tarixga ega, – dedi X. Salimov. – Bu tarixni tadqiq etish, har bir davrning eng yaxshi ijodkorlari haqidagi ma’lumotlarni va ularning asarlarini kelgusi avlodlarga yetkazish bizning burchimiz. To‘g‘ri, jurnalistika bo‘yicha ko‘p kitoblar chop etildi, darslik va qo‘llanmalar yaratildi. Bularni e’tirof etgan holda shu vaqtga qadar “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi” yaratilmaganini ham tan olish lozim.  

Yig‘ilishda taniqli ustoz jurnalistlar va soha olimlari N. Rahmonov, H. Saidov, A. Nurmatov, A. Karimov, N. Toshpo‘latova va boshqalar “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobini nashrga tayyorlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. O‘zbek jurnalistikasining qadimgi davridan ayni paytgacha bo‘lgan davri bo‘yicha guruhlar tuzilib, ularning rahbarlari belgilandi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.  

Ta’kidlanganidek, “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobi soha xodimlari, mutaxassislar, jurnalist kadrlar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallanadi.  

O‘zA