O‘zbek jang san’atida mamlakat kubogi bahslari o‘tkazildi
Chirchiq shahrida o‘zbek jang san’ati bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan 800 nafarga yaqin sportchi "Mergan chavandoz", "Mergan sportchi"," Temuriylar bellashuvi" yo‘nalishlari bo‘yicha kuch sinashdi.
Murosasiz o‘tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Toshkent viloyati jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Sirdaryo viloyati va 3-o‘rin Toshkent shahri va Jizzax viloyati jamoalariga nasib etdi.
Barcha vazn toifalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan sportchilar medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA