Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek ipagi Yevropa qimmatli qog‘ozlarida ishlatiladi
17:33 / 2022-07-13

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida Germaniyaning “Giesecke & Devrient Currency Technology” kompaniyasi vitse-prezidentlari Aleksandr Iogann Shyuks va Arkadiy Borisovich Notkinlar bilan o‘zbek ipagini o‘z qimmatli qog‘oz va banknotalarida ishlatish taklifi yuzasidan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Germaniyaning “Giesecke & Devrient Currency Technology” kompaniyasi bilan hamkorlik qilib keladi.   

Uchrashuvda mazkur hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Jumladan, o‘zbek ipagi Yevropa qimmatli qog‘ozlarida ishlatilishini rivojlantirish lozimligi aytildi. Shunga ko‘ra, mehmonlar uchun ipak qo‘shib ishlangan qog‘ozlar xususida ma’lumot berildi. O‘zbek ipagining sifatiga germaniyaliklar tomonidan katta qiziqish bildirildi.  

Ma’lumki, o‘zbek ipagi sifati va ishlab chiqarilishi bo‘yicha jahonda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi.  

Gulnoza Boboyeva,O‘zA