Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek ipagi Yaponiya bozoriga kirish arafasida
12:16 / 2024-04-09

Poytaxtimizda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi I.Ergashev va Yaponiyaning «Masui Co., Ltd« kompaniyasi boshqaruv guruhi bo‘lim boshlig‘i Tokita Chinori-san bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Yaponiyaga ipak mahsulotlarining eksportini yo‘lga qo‘yish, kelgusida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan moda haftaliklarida hamkorlik qilish, ipak tola sifatini oshirish maqsadida yaponiyalik olimlar hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Mazkur uchrashuv har ikki tomon manfaatlari uchun mos va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tgani bilan birgalikda, ipak sifatini oshirish maqsadida yaponiyalik olimlarning yurtimizda faoliyat olib borishi xususida ham kelishuvga erishildi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA