Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek ijodkorlari "Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi" yubiley medaliga sazovor bo‘lishdi 
09:11 / 2024-10-11

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, Sirojiddin Sayyid hamda uyushma a’zosi, taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim Turkmanistonning "Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi" yubiley medali bilan taqdirlandi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi adabiy aloqalar yangicha rivojlanish bosqichiga chiqdi. Ikki qardosh xalqning yozuvchi va shoirlari tobora samarali ijodiy muloqot qilishi, asarlarni tarjima qilishi uchun imkoniyatlar kengaydi. Toshkentdagi ko‘chalardan biriga turkman shoiri Maxtumquli nomi berilib, xiyobon barpo etildi, shoir siymosi aks etgan barelef qad rostladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan atoqli shoir asarlarini chop etish, uning ijodiga bag‘ishlangan adabiy kechalar, davra suhbatlari, ijodiy anjumanlar keng miqyosda o‘tkazilmoqda. Badiiy akademiya tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. 

–Maxtumquli o‘zbekning ham o‘z shoiri, o‘zimizning bobomizdek, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. – Uning she’riyati bizga bolalikdan oshno. Mamlakatimizda ham buyuk shoir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi keng nishonlanmoqda. Asarlari chop etilib, ijodini yanada kengroq targ‘ib etishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

Aytish kerakki, shoirning adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi ishlar mamlakatimizda izchil davom etmoqda. Zero, Maxtumquli Firog‘iy ijodidagi teran falsafiy g‘oyalar, hayot haqiqati, ezgulik, mehr va sadoqat, insoniylik tarannumi bashariyat uchun doim dolzarb bo‘lib kelgan. 

N.Usmonova, O‘zA