Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek ijodkorining kitobi Turkiyada nashr etildi
15:03 / 2025-09-10

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shuhrat Orifning "Mavi erk" ("Moviy erk") she’riy kitobi Anqara shahridagi "Edebiyat Ortamı Yayınları" nashriyoti tomonidan nashr etildi.

Mazkur  kitob Ko‘nyo shahrida bo‘lib o‘tgan "Mavlono ma’naviy merosi 14-Xalqaro she’riyat anjumani" doirasida taqdimot qilindi.  

Kitobdan ijodkorning turli yillarda yozilgan she’rlari o‘rin olgan. She’rlarni turk tiliga shoir va turkshunos olim Muhittin Gumush tarjima qilgan.  

Shuhrat Orif kuni kecha Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti  – TURKSOY medali bilan taqdirlangan edi.  

Shoir TURKSOY Yozuvchilar uyushmasi a’zosi ham hisoblanadi. Uning she’rlari ingliz, turk, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq, turkman, uyg‘ur va boshqa tillariga tarjima qilingan.

O‘zA