English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek ijodkorining asari xalqaro maydonda
10:32 / 2026-02-02

Kembrijdagi “Pegasus Elliot Mackenzie” nashriyoti O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va shoir Shahodat Isaxonovaning Bibixonim haqidagi “Turon malikasi” (“Queen of Turan”) asarini dunyo bo‘ylab yuzlab qabul qilingan asarlar orasidan saralab olib, chop etdi.

Yaqinda kitob nashriyot veb saytida paydo bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqlarda ham e’lon qilindi. Yozuvchi bilan tuzilgan rasmiy shartnomada muallif intervyulari, kitob imzolash marosimlari va xalqaro adabiy tanlovlarga tavsiyalar ham bor. Tarjimon – Asror Allayorov.

Aytish kerakki, ustoz adiba Shahodat Isaxonova ijodida tarixiy mavzularga murojaat etish ustuvor o‘rin egallaydi.  

Ijodkor  “Antiqa ziyofat”, “Turon malikasi”, “Qirq kokilli kelinchak”,  “Sulton Jaloliddin yoxud Chingizxon tuzog‘iga tushgan malika”, “Bibixonim”, “Zavetnoye jelaniye”, “Laylaklar”, “Nodirai davron” kabi ko‘plab roman, qissa va hikoyalar muallifidir.

Shahodat Isaxonova qalamiga mansub “O‘lan”, “Sulton Jaloliddin Manguberdi”, “Bibixonim”, “Tanovar” kabi bir qancha dramalar yurtimiz teatrlari tomonidan  sahnalashtirilgan.  

Ustoz yozuvchining asarlari adabiyot muxlislari tomonidan katta e’tibor va qiziqish bilan mutolaa etiladi.

N.Usmonova, O‘zA