Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek – Hind san’at ustalari haftaligi
11:51 / 2021-01-23

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan xalqimizning ma’naviy qadriyatlari va merosini asrab-avaylash hamda jahon madaniyati bilan uyg‘un holda rivojlantirish, milliy madaniyatni keng targ‘ib etish, uning xalqaro madaniy makonda tutgan mavqeini yanada mustahkamlash borasida bir qator vazifalar belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Toshkentdagi La’l Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi bilan hamkorlikda O‘zbek-Hind san’at ustalari ishtirokida mahorat saboqlari haftaligi tashkil etilmoqda.  

2021 yilning 23-29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan mazkur haftalik doirasida ikki mamlakatning raqs, qo‘shiqchilik, musiqa va sahna liboslari bo‘yicha mutaxassislari tomonidan madaniyat yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar va san’at ixlosmandlari uchun mahorat saboqlari, sohaga oid tajriba almashishlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.  

Haftalikning ochilish marosimida Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, La’l Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi, o‘zbek san’ati vakillari ishtirok etdi.  

Haftalik davomida san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan yurtimiz yoshlari,   san’at va madaniyat muxlislari uchun hind musiqa san’ati bo‘yicha professor Suneyera Kaslival xonim, hind raqs san’ati mutaxassisi Smriti Aditya xonim, hind an’anaviy va sahna liboslari bo‘yicha mutaxassis doktor Nelima Astana xonim va boshqa san’at vakillari tomonidan onlayn mahorat saboqlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, san’at va madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan hind yoshlari va san’at shaydolari uchun O‘zbekiston xalq artistlari Zamira Suyunova, Abdulahad Abdurashidov, Viloyat Oqilova, Gavhar Matyoqubova, Ma’mura Ergasheva kabi bir qator san’atkorlar, liboslar bo‘yicha Feruza Otaxonova, Ayrin Allabergenova, Farida Maksumova va Natalya Musina kabi mutaxassislar tomonidan onlayn mahorat darslari taqdim etiladi.

O‘zA