Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek harbiylari va qutqaruvchilaridan qardosh turk xalqi minnatdor
22:16 / 2023-02-14

Turkiyaga yordam berish uchun kelgan ikki yuz nafar o‘zbekistonlik harbiy xizmatchi zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan Xatay viloyatida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib boryapti, dala gospitalida jabrlanganlarni davolashda ishtirok etyapti.

Yurtdoshlarimiz o‘tgan hafta davomida ko‘plab jabrlanganlarni qutqardi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar Antakiyaning Ovakent tumanida dala kasalxonasi ham tashkil qilgan. Bu yerda 40 yil avval Turkiyaga ko‘chib kelgan etnik o‘zbeklar yashaydi.

Tibbiyot xizmati polkovnigi Nosir Fozilov “Anadolu” bilan suhbatda Gaziantep orqali Xatayga yetib kelgan qutqaruvchilarimiz ofat hududiga juda shoshilishganini aytdi.

– Oramizda shifokorlar ko‘p, – deydi Fozilov. – Hodisa joyiga yetib olishimiz uchun transport bilan ta’minlandik. Manzilda bizni iliq kutib olishdi. Ham tibbiy mutaxassis, ham qidiruv-qutqaruv guruhi a’zosi sifatida ishladik. Qutqaruvchilar kecha-yu kunduz o‘z vazifasini sidqidil bajaryapti. Rentgen apparati, ultra tovush tekshiruvi va tibbiy laboratoriyaga ega dala shifoxonasi bir vaqtning o‘zida 100 kishini davolashga mo‘ljallangan. Ayni paytgacha 600 ga yaqin jabrdiyda, jumladan, bolalar, qariyalar va homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatdik.

O‘zA