Keyingi yillarda O‘zbekiston futbolidagi yuksalishlar, amalga oshirilgan sa’y-harakatlar yangi muvaffaqiyatlarning bo‘y ko‘rsatishiga sabab bo‘lmoqda.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimizning Jahon chempionatidagi shiddatli o‘yinlari, futzal rivoji ishqibozlar qalbiga yangi g‘alabalar umidini jo etmoqda.
Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Toshkent stadioni qurilishiga start berilgani xalqimiz tomonidan o‘zgacha shukuh bilan qarshi olindi.
Darhaqiqat, futbol xususida so‘z ketganda uning tegrasidagi shov-shuvli holatlar, yangiliklar hamisha muxlislarni bee’tibor qoldirmagan. Jahon futbolining turli-tuman yangiliklari bo‘ladimi, milliy chempionatlarimizdagi ko‘rsatkichlarmi, futzalchilarimizning Islom birdamligi o‘yinlaridagi yutug‘imi, terma jamoadagi o‘zgarishlarmi, murabbiylar almashuvimi, stadionlar holatimi - barcha-barchasi doimo muxlislarning muhokama markazida bo‘lib kelgan.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati rahbari, taniqli futbol sharhlovchisi Komiljon Jumayev bilan o‘tkazgan suhbatimiz shu haqda bo‘ldi.
Suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mFIc5dhqg-w" title="O‘zbek futbolining olamshumul g‘alabalariga mustahkam poydevor qo‘yilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev, Yo.Meliboyev (video), O‘zA muxbiri