Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek futbolining 110 yilligi keng nishonlandi
11:32 / 2022-04-16

Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Dastlab O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegatsiya futbol faxriylari, futbol rivojiga ulkan hissa qo‘shgan insonlar xonadonlariga tashrif buyurdi.

Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida o‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov, Vazirlar Kengashi Raisi, Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Qahramon Sariyev, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va o‘zbek futboli faxriylari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda Orolbo‘yida futbol rivoji yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar muhokama etildi. Tadbir so‘ngida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalovga hamda Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyevga “O‘zbekiston futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni topshirildi. 

Mehmonlar O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Aral Samali” – “Yangiyer”  uchrashuvini tomosha qildi. Uchrashuv tanafusida bir qator faxriylarga “O‘zbekiston futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nukus shahridagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan festival tashkil etildi. Tadbirda yosh sportchilarga O‘FA tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston faxriylar jamoalarining o‘rtoqliq uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Dovud ABIBULLAEV, 
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA