French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek futboli bilimdoni Rustam Akramov vafot etdi
09:50 / 2022-02-15

O‘zbek futboli og‘ir judolikka uchradi

Pedagogika fanlari doktori, professor Rustam Akramov 73 yoshida vafot etdi.

Rustam Akramovich Akramov 1948 yil 11 avgust kuni Toshkent viloyatida dunyoga kelgan. Faoliyati davomida o‘zbek va sobiq ittifoq futboli rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan mutaxassis hisoblanadi.

Rustam Akramov O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan birinchi murabbiy hisoblanadi. 1992-1994 yillar terma jamoamiz u kishi boshchiligida Markaziy Osiyo chempionatida va 1994 yil Xirosimada o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozongan.

Rustam Akramov 1995-1997 yillar Hindiston terma jamoasini boshqardi. Ushbu davlatdagi ikki yillik faoliyati davomida asosiy terma jamoa bilan bir qatorda bolalar futbolini rivojlantirish tizimini shakllantirdi. Keyinchalik OFK, FIFA tashkilotlarida instruktor sifatida faoliyat olib bordi.

O‘zbek futboli rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun R. Akramov davlatimiz tomonidan «Shuhrat» medali hamda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Rustam Akramovning vafoti munosabati bilan u kishining yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin.

O‘zA