English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek dzyudochisining Portugaliyadagi shiddati
07:31 / 2022-01-30

Xabar berganimizdek, Portugaliyaning Almada shahrida dzyudo bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi gran-pri musobaqasi davom etmoqda.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra musobaqaning ikkinchi kungi bahslari O‘zbekiston sportchilari uchun omadli kechdi.

73 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Murodjon Yo‘ldoshev saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Final bellashuvida ispaniyalik Salvador Kases Rokani bilan ro‘baro‘ keldi. Murosasiz kurashda hamyurtimiz raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqdi. 

E’tiborlisi, ilk bor nufuzli musobaqada ishtirok ettgan Yo‘ldoshev nufuzli turnirning oltin medali bilan birgalikda Xalqaro dzyudo federatsiyasi reytingi uchun muhim bo‘lgan 700 ochkoni ham qo‘lga kiritdi.

Bu, mahoratli sportchimizning jahon dzyudo maydoni sari tashlagan salobatli odimi bo‘ldi, deyish mumkin. 

30 yanvar kuni musobaqaning so‘nggi vaznidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA