O‘zbek chavandozi Polshada muvaffaqiyatga erishmoqda
Polshada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan "CSI3*-W Cavaliada Poznan" xalqaro musobaqasida mamlakatimiz chavandozlari munosib qatnashmoqda.
Nufuzli musobaqaning dastlabki bahslarida qatnashgan hamyurtimiz Nurjan Tuyakbayev «Lancyelotta» laqabli tulpori bilan 145 sm. balandlikdan iborat to‘siqlardan o‘tish dasturida 100 nafardan ziyod sportchi orasida musobaqani jarima ochkolarisiz yakunladi hamda medallar uchun kurashish imkoniyatiga ega chiqdi.
Endi mohir chavandozimiz 18 dekabr kuni dunyoning eng sara ot sporti vakillar bilan 160 sm. balandlikni tashkil etadigan asosiy dasturda vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Aytish lozim, medallar uchun kurashda hamyurtimizga ushbu yo‘nalishda polshalik Aleksandr Levandovskiy, Marek Leviski, niderlandiyalik Jonni Palsa kabi 9 nafar yetakchi sportchilar raqib bo‘ladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA