Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek bokschilari “Strandja” turnirida tengsiz ekanini yana bir bor isbotladi
10:50 / 2026-03-02

Bolgariyaning Sofiya shahrida 22-fevral kunidan 1-mart sanasiga qadar davom etgan boks bo‘yicha “Strandja” xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur turnirda ishtirok etgan erkaklar jamoamiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 bronza, ayollar jamoamiz esa 4 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medaliga ega chiqdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar o‘rtasida ham umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.  

Medal jamg‘arishda ikkinchi o‘rin Qozog‘iston vakillariga, uchinchi o‘rin Ukraina termasiga nasib etdi.

Nufuzli musobaqada Fazliddin Erkinboyev, Akmaljon Isroilov, To‘rabek Habibullayev, Sabina Boboqulova, Nigina O‘ktamova, Navbahor Hamidova hamda Aziza Zokirova o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Javohir Ummataliyev, Ozodbek Aliyev, Feruza Kazakova va Oltinoy Sotimboyeva kumush, Asilbek Jalilov, Shavkatjon Boltayev, Norbek Abdullayev, Samir Sobirov, Farzona Fozilova, Ruxshona Parpiyeva esa bronza medali bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA