Jahon matbuoti sahifalarida
YUNESKO Hukumatlararo qo‘mitasi ishtirokchilari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish uchun 55 ta yangi talabnomani ko‘rib chiqishmoqda. Ular qatorida – o‘zbek baxshichilik san’ati; «ORNEK» – qrim tatarlarining naqshi; Turkmaniston dutor yasash hunarmandchiligi hamda an’anaviy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati; shuningdek, Tojikiston xalq va musiqiy merosi bo‘lmish falak bayrami.
Joriy yilda Qo‘mita ishtirokchilari Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun 45 ta arizani ko‘rib chiqadilar. Shulardan shoshilinch himoyaga muhtoj Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish uchun 5 ta ariza va Nomoddiy madaniy merosni saqlash bo‘yicha Ilg‘or tajriba reyestriga kiritish uchun 5 ta nominatsiya.
***
YUNESKO: AQSH Iroqqa minglab san’at asarlari, jumladan “Gilgamesh lavhasi” ni qaytaradi
«Gilgamesh lavhasi» –bizgacha yetib kelgan eng qadimiy adabiy asarlardan biridir. Shu haftada AQSH nodir asarni uning qonuniy egasi Iroqqa tantanali qaytaradi. Loydan yasalgan «Gilgamesh lavhasi»1990 yil avgust oyida orada Fors ko‘rfazida urushboshlanganidan ko‘p o‘tmay Iroq muzeyidan olib qo‘yilgan edi. 2007 yilda ushbu nodir asar Amerika bozorida noqonuniy sotuvga qo‘yilgan edi,2019 yilda esa, AQSH Adliya vazirligi tomonidan musodara qilindi.
Lavha qadimgi Mesopotamiya sivilizatsiyasi haqida shumer tilidayozilgan yozuvlarni o‘z ichiga oladi. Unda “Gilgamesh haqidagi doston” dan parchalar keltirilgan.
AQSH hukumati Iroqdan so‘nggi o‘n yilda talon-taroj qilingan 17 000 ta artefaktlarni mamlakatga ixtiyoriy qaytarilishiga yordam berdi. YUNESKO Iroq milliy muzeyiga mamlakatning bebaho asarlarini inventarizatsiya qilish va tadqiqotlar o‘tkazishga yordam ko‘rsatadi.
I.Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA