Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek ayollarining bosqinchilarga qarshi kurashi (+video)
09:08 / 2025-08-06

1866 yil avgust oyida Rossiya imperatorining Toshkent Rossiya tobeligiga olinganligi haqida rasmiy farmoni e’lon qilingan.

 1867 yil esa Sirdaryo va Yettisuv viloyatlarini o‘z ichiga olgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib, general Kaufman gubernator etib tayinlandi. Toshkent shahri Turkiston general-gubernatorligining сиё­сий, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘ldi.

Anhorning chap sohilida mustamlakachi to‘ralar va harbiylar uchun Yangi shahar qurila boshladi. 1865 yil avgust – oktyabr oylarida Anhor bo‘yida, Toshkentning Ko‘ymas darvozasi yaqinida harbiy qal’a – Toshkent Тупроқ­қўрғони barpo etildi. Shu vaqtdan tarixiy Toshkent Eski shahar deb atala boshladi. Yangi shahar aholisi asosan ruslar va boshqa yevropaliklardan iborat edi. Toshkentning Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi butun Turkiston (O‘rta Osiyo) taqdirini uzil-kesil hal qildi.  

"Tarix haqiqatlari" loyihasining bu galgi sonida Tarix instituti tayanch doktoranti Sohiba Maxmudova o‘sha davrda o‘zbek ayollarining vatanparvarlik yo‘lidagi qahramonliklari haqida batafsil ma’lumot beradi.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/kqyaz8bcGrw" title="O‘zbek ayollarining bosqinchilarga qarshi kurashi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA