Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek "ajdar"i raqibini texnik nokautga uchratdi
12:49 / 2021-02-10

Kecha– 9 fevral kuni Moskvada “Eagle Fighting Championship 33” aralash yakkakurash turlari bo‘yicha turnir boshlandi.

Unda hamyurtimiz “Ajdar” — Azamat Nuftillayev ham ishtirok etdi. Og‘ir vazn toifasidagi jangning birinchi raunddayoq Azamat Nuftillayev texnik nokaut bilan raqibini yengib, g‘alaba qozondi.

Ushbu jangdagi g‘alabasi bilan Azamat Nuftillayev yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va mag‘lubiyatsiz qolmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, Nuftillayev o‘z faoliyati davomida to‘rt nafar qozog‘istonlik jangchini — Nusrat Semeteyev (0-2), Aslanbek Xasikov (0-2), Konstantin Merqulov (3-2) va Sanjar Kenjexanovni (0-1) mag‘lubiyatga uchratgan.