Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek adibining hikoyalari Belarus va Rossiyada chop etildi
12:57 / 2023-12-30

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib Qo‘chqor Norqobilning "Chingachguk bobo" hikoyasi Belarusda chop etilayotgan "Novaya Nemiga literaturnaya" adabiy-badiiy jurnalida, "Bizni oqibat asraydi" deb nomlangan hikoyasi esa Sankt-Peterburgdagi "Na nash vzglyad" gazetasida chop etildi. Har ikkala hikoyada ham o‘zbekona mehr-oqibat, jumardlik, ezgulik tuyg‘usi, eng muhimi, o‘zbekona xarakter badiiy buyoqlarda yorqin ifodalangan.

Aytish kerakki, Qo‘chqor Norqobil 1968 yil 5 mart kuni  Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Mo‘minko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. 1992 yili ToshDUning – hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan.  

Uning «Daryo ortidagi yig‘i» (1994), «O‘n sakkizga kirmagan men bor» (2002), «Kulib tur, azizim» (2005), «Quyoshni kim uyg‘otadi?»    "Kaftimdagi qizg‘aldoq" (1993) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Pushkin, Lermontov, Yesenin, Yevtushenko kabi shoirlarning nasriy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Qo‘chqor Norqobil 2001 yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoniga sazovor bo‘lgan.  

Ijodkorning asarlari bir qator xorijiy davlatlarda chop etilgan.    

 

N.Usmonova,  

O‘zA