Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek adibi dunyo e’tirofida
15:54 / 2022-11-19

Taniqli o‘zbek yozuvchisi Qo‘chqor Norqobilning kitoblari bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlari nashriyotlari tomonidan chop qilinmoqda.

Yaqinda adibning  "Tabassum qil, sevgilim!" ("Ulыbnis, lyubimaya!")  kitobi Rossiyada besh ming nusxada ikkinchi bor qayta bosmadan chiqdi. Mazkur kitob oltinchi Xalqaro adabiy festival doirasida bo‘lib o‘tadigan taqdimot  ro‘yxatidan joy oldi.  

– Qo‘chqor Norqobil o‘zbek xalqi xarakterini mahorat bilan talqin etadi va uning o‘ziga xos ezgu-niyatlarini umuminsoniy g‘oyalar rishtasi bilan tutashtira oladi. U taniqli adib va adabiyotshunoslar, noshirlarimiz tomonidan "Xarakterlar musavviri, inson qalbini teran kuzata oladigan adib", "Kutilmagan yechimlar ustasi", "O‘zbek Shukshini",  deya bejizga e’tirof qilinmayapti. Muhimi, yozuvchi asarlari rus kitobxonlarida qiziqish uyg‘otmoqda, – deydi yozuvchi va publitsist Galina Berezina.

– Muallif inson qalbi quvonch va qayg‘ularini sodda va ravon, biroq,  yuksak badiiy chizgilar bilan tasvirlaydi. Uning qahramonlari yuragimizdan joy oladi. Insoniy mehr va muhabbat tuyg‘ulari chegara bilmas mavzu ekanligini his qilasiz. Shu bois ham o‘zbek yozuvchisining bu kitobi "Zolotoye pero Moskvы", ("Moskvaning oltin qalami") mukofotiga tavsiya etildi, – deb yozadi Rossiya Baynalmilal Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, nashriyot xodimi adiba Yunona Rumyanseva.

O‘zA