O‘zbek adabiyotida kinoqissa janri: shakllanishi va takomil yo‘li
Boburjon BOYMATOV tayanch doktorant Andijon davlat universiteti Andijon, O‘zbekiston boburjon.boymatov@mail.ru
Annotatsiya
Maqolada kino va adabiyot sintezi natijasida paydo bo‘lgan adabiy janrlar, xususan, kinoqissa janrining o‘zbek adabiyotiga kirib kelishi, rivojlanishi haqida so‘z yuritilgan. O‘zbek adiblari tomonidan yaratilgan kinoqissalar qisqacha sharhlangan.
Tayanch so‘zlar: adabiy tur, epik tur, janr, kinoqissa, kinopovest, kinoroman, kinossenariy, kompozitsiya, mavzu, sintez, ssenariy, syujet, g‘oya.