Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbegim "To‘maris"lari (+video)
19:05 / 2024-10-08

Yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlash va himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yunalishi bo‘lib, konstitutsiyamiz, qonunlarimizda inson erki, qadr-qimmati eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanib kelinmoqda.

Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik, tahqirlash holatlarini oldini olish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilib, qonunlarimizda ham xotin-qizlarning haq-huquqlari mustahkamlanib, jazo choralari kuchaytirildi. 

Bugungi lavhamizda ayollarimizning ham ruhan, ham jismonan kuchli bo‘lishlari uchun O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tomonidan tashkil etilgan bepul sog‘lomlashtirish kurslari haqida so‘zlab bermoqchimiz. Ushbu kurs bir oy davomida murojaat qilib kelgan har bir ayol bilan individual mashqlar tashkil qilib, mahoratli sportchi qizlardan o‘zini himoya qilish bo‘yicha bazaviy bilimlarni o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi. Sport mashg‘ulotlari bilan bir nafasda professional psixologlarning ham amaliy mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Eng asosiysi ushbu mashg‘ulotlarga ishtirokchilar anonim ravishda mutlaqo bepul qatnashishlari mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lKzay06eIgo" title="O‘zbegim «To‘maris»lari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Mashg‘ulotlar Navoiy ko‘chasida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazining Sport majmuasida dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 14.00 dan 16.00 gacha bo‘lib o‘tmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragining o‘zida 4477 kishi oiladagi zo‘ravonlik moddalari bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, 86−87 foiz zo‘ravonlik oilalarda kuzatilib, xotin-qizlar ko‘proq ruhiy, shuningdek, jismoniy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchramoqda.

Jamiyatimizda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning qoralanishi har tomonlama sog‘lom muhitning shakllanishiga, ham ruhan, ham jismonan sog‘lom kelajakning voyaga yetishishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, har bir dunyoga kelgan o‘zbek qizalog‘i o‘zining himoyachilari bo‘lgan kuchli jins vakillarining mehr-muhabbati qurshovida, qadrlanib ulg‘aysin deb qolamiz.

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA