Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlandi
10:04 / 2023-02-27

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi «O‘zavtoyo‘lbelgi» davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «O‘zavtoyo‘lbelgi» korxonasiga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.

Ammo, DUK mansabdor shaxslari 2021-2022 yillarda o‘zlariga tanish bo‘lgan 5 ta mahalliy MCHJ bilan jami 9 mlrd. 193 mln. so‘mlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd. 701 mln. so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishgan.

Holat yuzasidan «O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK va 5 ta MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O‘zA