Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zavtosanoat” rahbariyati olis Tomdi tumani yoshlari bilan uchrashdi
13:38 / 2021-06-13

Navoiy viloyati Tomdi tumani Madaniyat uyida “O‘zavtosanoat” AJ raisining o‘rinbosari Jahongir Tillayev, tuman hokimi Qayrat Aldabergenov, viloyat sektorlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Yetakchilar va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.

150 nafardan ortiq yigit-qiz ishtirok etgan uchrashuvda “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari J.Tillayev keyingi yillarda yurtimizda avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Jumladan, “UzautoComponents” MCHJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda jami 4654 nafar 30 yoshga to‘lmagan yoshlar turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

Bundan tashqari, jamiyat tomonidan ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirish maqsadida Qozog‘istonning Kostanay shahrida “SarыarkaAvtoProm” zavodida ham “Chevrolet” rusumidagi yengil avtomobillarni SKD texnologiyasi asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi, “O‘zavtomotors” AJda ishlab chiqarish va boshqaruv, dillerlik tarmoqlarida “servis” tizimini to‘liq raqamli texnologiyalarga o‘tkazish jarayonlari faol olib borilayotganligini ta’kidladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan 2020 yilda 280,1 ming dona yengil avtomobil hamda 4,8 ming dona avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish hajmi 34 051,6 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati 95,8 foizni tashkil etgan.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar avtomobilsozlik sanoatining tashkiliy tuzilishi, mavjud zavodlarning soni va ish bilan ta’minlash, shuningdek, elektr transport vositalarini ishlab chiqarish, o‘qitish va ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

A.Bo‘riyev, O‘zA