“O‘zarxiv” agentligida Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida 2025 yil 26 dekabrdagi “2025 yil yakunlari: asosiy natijalar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilganidek,O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1,2 mln. saqlov birligidagi 96,9 mln. kadr hujjatlar raqamlashtirildi.
2025-yil boshidan 115,8 ming saqlov birligidagi qariyb 15,2 mln. kadr raqamlashtirildi va reja 101,8 foizga bajarildi.
O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimida jami 1,29 mln ma’lumotlar to‘plamlari kiritildi, shundan 422 ta fond, 1634 ta ro‘yxat, 347 ming saqlov birligi va 946 ming hujjat bazasi yaratildi hamda reja 108 foiz bajarildi.
Davlat arxivlarini modiy texnika bazasini mustahkamlash, raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida 100 ta zamonaviy kompyuter hamda turli xildagi 105 ta skanerlash uskunalari xarid qilindi.
Arxiv hujjatlarining sug‘urta fondini yaratish tizimi joriy qilindi, shu jumladan 35 mm kenglikdagi plyonkalar bilan ishlaydigan SMA 51 uskunasi belgilangan tartibda xarid qilinib, O‘zbekiston milliy arxivida ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 208-son qarori asosida arxiv sohasi mutaxassislarini baholashga mo‘ljallangan «Arxiv ishi» tizimida modul (servis) ishlab chiqilib, quyidagilar bajarildi.
Jumladan, malaka mezonlari asosida test savollarini qo‘shish, foydalanuvchini onlayn testdan o‘tkazish va baholash, foydalanuvchini onlayn suhbatdan o‘tkazish va baholash, test va suhbat natijasi asosida avtomatik ma’lumot va sertifikatni shakllantirish, amaldagi kasbiy kompetentlik guvohnomalari haqidagi ma’lumotlar arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazilgan talabgorlar reyestriga kiritilishini ta’minlash.
“O‘zarxiv” agentligi va Kadastr agentligining 2025-yil 20-maydagi “Tizimda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarning oldini olish to‘g‘risida” qo‘shma buyrug‘iga muvofiq, “Arxiv ishi” axborot tizimida (my.archive.uz) 700 nafardan ziyod Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari mas’ul xodimlari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirda Davlat arxivlari tomonidan yerga oid so‘rovlarga javob berilganda kadastr xodimlari tomonidan ushbu javobning asos hujjatilarini tekshirish imkoniyati yaratildi.
“O‘zarxiv” agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari qamrov darajasi oshirilib, elektron davlat xizmatlari soni 10 taga yetkazildi.
Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar 409 084 ta tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 218 468 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 190 616 ta kelib tushgan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA